Линклар

Pop yulduz Ledi Gaga 3 iyun kuni Indoneziyada o'tishi rejalashtirilgan "Born This Way Ball" nomli kontsertini musulmon guruhlari noroziligi sabab bekor qildi.

Konsert bekor qilingani haqida qo'shiqchining o'zi Twitter sahifasida e'lon qildi.

- Biz Indoneziyadagi konsertimizni bekor qilishga majbur bo'ldik. Buning uchun men o'z muhlislarimdan kechirim so'rayman. Men ham sizlar kabi chuqur qayg'udaman., - deb yozdi Ledi Gaga o'z mikroblogida.

Bir necha hafta oldin Indoneziyadagi islomiy guruhlar ochiq-sochiq kiyimlarda sahnaga chiqib¸ o‘zini Shayton mujdachisi deb taqdim etayotgan Ledi Gagani mamlakat ma‘naviy me‘yorlariga tahdid, deb topgan edi.

Ayrim radikal guruhlar esa¸ Gaga kontsertini to‘xtatish uchun jismoniy kuch qo‘llash bilan tahdid qilgan edi.

Bunga javoban pop yulduz Twitterdagi 25 million o'quvchisi bor mikroblogida "nafratda muqaddas narsa yo'qdir" deya yozdi.

Mamlakat parlamentining ayrim a‘zolari va diniy ulamolar ham shouga qarshi chiqdi.

Jakarta shahrida bo‘lishi rejalangan va chiptalar sotuvga qo‘yilgan birinchi ikki hafta davomida kontsertga 52 mingta chipta sotilgan.

Konsert tashkilotchilari chipta egalariga pullarni qaytarishni va'da qilishdi.

Indoneziya musulmon aholisining kattaligi bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadi. U yerda qariyb 200 million musulmon yashaydi.
XS
SM
MD
LG