Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:17

Facebook Opera brauzerini sotib olishi mumkin


Facebook ijtimoiy tarmog'i Internet brauzeri ishlab chiqishga ixtisoslashgan Opera Software shirkatini sotib olishi mumkin. Bu haqda The Next Web nashri Opera shirkatidagi ismi oshkor etilmagan manbaga asoslanib xabar berdi.

Nashrga ko'ra, ayni damda ikki shirkat o'rtasida bu borada muzokalar olib borilmoqda. Biroq na Facebook, na Opera vakillari bunga rasmiy izoh berishgani yo'q.

Kuzatuvchilarga ko'ra, Operada yangi xodimlarni ishga olish vaqtincha to'xtatilganligi shirkatning sotilishga tayyorgarlik ko'rayotganiga dalil bo'lishi mumkin.

Internet foydalanuchilari orasidagi mashhur Opera brauzerini ishlab chiqaruvchi shirkatni sotib olish bilan Facebook o'zining Internetdagi pozitsiyasini yanada yaxshilashi aytilmoqda.

Bosh qarorgohi Norvegiyada joylashgan Opera Software shirkati Internet brauzerlari bozorida ayni damda Internet Explorer (Microsoft), Chrome (Google), Firefox (Mozilla), Safari (Apple) va boshqa bir qator brauzerlar bilan raqobat qilib keladi.

Opera brauzeri yuklanayotgan sahifani kichraytirib, ma'lumotlar oqimini tezlashtirish imkoniyati bilan Internet foydalanuvchilari orasida mashhurdir.

O'zbekistonlik Internet foydalanuvchlari esa asosan Operaning mobil telefon va smartfonlar uchun atayin yasalgan Opera mini dasturidan foydalanishadi. O'zbekistonda Opera mini brauzeri foydalanuvchilari soni bir milliondan ziyod.

Dunyo bo'ylab esa tahminan 270 million kishi Opera brauzerlaridan foydalanadi.

Ayni damda O'zbekistonda 130 ming Facebook foydalanuvchisi bor.
XS
SM
MD
LG