Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:01

InterContinental O‘zbekistondan ketmoqda


Toshkentdagi InterContinental mehmonxonasining boshqaruvchilari mamlakatni tark etmoqda.

Shu bois mehmonxonaning nomi 28 maydan e‘tiboran o‘zgarishi aytilmoqda.

InterContinental guruhi nima sababdan O‘zbekistondan ketayotgani noma‘lum.

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vazirligiga qarashli mehmonxonani kelajakda kim boshqarishi va qanaqa nom berilishi ham mavhum.

Ayrim tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, InterContinental guruhining mamlakatdan ketayotgani o‘zbekistonlik sheriklarining majburiyatlarini bajarmagani bilan bog‘liq.

InterContinental Toshkentda 1997 yilda ochilgan va O‘zbekistondagi yagona besh yulduzli mehmonxona hisoblanar edi.

InterContinental guruhi jahonning yuzdan ortiq mamlakatida 4200dan ko‘p mehmonxonasiga ega.

Crowne Plaza, Hotel Indigo, Holiday Inn, Holiday Inn Express, Staybridge Suites, Candlewood Suites kabi brendlar ham ayni guruhga oid.
XS
SM
MD
LG