Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:05

Hanekening “Muhabbat” filmi Kann festivali g‘olibi


Avstriyalik kinorejissyor Mixael Hanekening “Muhabbat” nomli kinoasari Kann festivalining bosh mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Keksa er-xotin hayotining so‘nggi kunlari haqida hikoya qiluvchi ushbu film festival jyuri hay‘ati tomonidan bir ovozdan “Oltin palma boshog‘i“ mukofotiga loyiq deb topildi.

Avstraliyalik rejisser “Oltin palma boshog‘i” mukofotini ikkinchi bor olyapti. 2009 yilda uning birinchi jahon urushi arafasidagi Germaniya tasvirlangan oq-qora filmi ham Kann festivali bosh sovringa munosib topilgan edi.

Kann festivalning ikkinchi mukofoti - Gran-pri sovri “Realiti-shou” nomli satirik komediya filьmi uchun italьyan rejissyori Matteo Garronga berildi.

Eng yaxshi erkak roli uchun mukofot Tomas Vinterbergning “Ov” filmida bosh rolni ijro etgan daniyalik Mads Mikkelsenga topshirildi.

Kristian Mundjuning “Adirlar ortida” asarida bosh rollarni ijro etgan ruminiyalik Kosmina Stratan va Kristina Fluturga esa eng yaxshi aktrisa unvoni nasib etdi.
XS
SM
MD
LG