Линклар

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining 3 iyun kuni Eron milliy terma jamoasiga qarshi o‘yini uchun chiptalar sotuvga chiqarildi.

Eron jamoasiga qarshi uchrashuv 2014 yili Braziliyada o‘tadigan Jahon Chempionati 4-chi saralash bosqichi o‘yinlari doirasida o‘tadi.

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasiga ko‘ra, chiptalar narxi sektoriga qarab 7000, 10000, 15000 va 25000 so‘m qilib belgilangan.

Uchrashuv 3 iyun kuni “Jar” stadionida soat 19:00da boshlanadi. Chiptalar “Jar” stadioni kassalarida sotilmoqda.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG