Линклар

Domenlar soni 14 mingdan ziyod bo'lgan .UZ milliy domen hududida yana bir ijtimoiy tarmoq ishga tushdi - YouFace.uz.

Yangi tarmoq ko'rinishidan taniqli Facebook saytini eslatsa-da, uning asoschisi Ayub Abdulloh u yaratkan tarmoq Mark Zukerberg asos solgan saytga aloqasi yo'qligini aytadi.

- To'g'ri, ko'rinishidan Facebook saytiga o'xshaydi. Bu bizga bosh kezlarda yangi foydalanuvchilarni jalb qilishda yordam berishi kerak. Lekin sayt rivojlangani sari uning dizayni o'zgartiriladi, deydi Ayub Abdulloh.

YouFace.uz tarmog'i 23 may kuni ishga tushirildi. Ayni damda unda 300ga yaqin kishi ro'yxatdan o'tgan.

22 yoshli Ayub Abdullohga ko'ra, 9 millionligi aytilayotgan o'zbekistonlik Internet foydalanuvchilariga mo'ljallangan ushbu ijtimoiy tarmoqni ishga tushirishda u bir necha maqsadni ko'zlagan.

- Biz tarmoqni yoshlarimizdagi vatanparvarlik ruhini rivojlantirish va ularni Internetga ko'proq jalb qilib, undan foydali ma'lumot olishga o'rgatish maqsadida ochdik. Va albatta qiziqishlarimizning moddiy tomonlari ham yo'q emas, deydi YouFace.uz asoschisi.

O'zbekistonlik Internet foydalanuvchilarining asosiy qismi Odnoklassniki.ru, "Moy mir" va Facebook kabi online tarmoqlarda o'z vaqtini o'tkazishiga qaramasdan Ayub Abdulloh YouFace.uz saytining tez orada mashhurligi ortishiga ishonchi komil.

- Tarmog'imizning eng qulay tarafi shundaki u Tas-IX hududida joylashgan. Bu esa O'zbekiston ichidagi Internet foydalanuvchilari uchun juda qulaydir, deydi yangi tarmoq asoschisi.

Eslatamiz, Tas-IX (o'qilishi tasiks - tahr.) tizimi O'zbekiston Internet provayderlarining o'zaro trafik almashish nuqtasidir. Ayni damda unga 26ga yaqin provayderlar a'zo. Ushbu provayderlar mijozlari uchun Tas-IX hududida joylashgan saytlarga kirish bir necha marta tezroq va arzonroqdir.

Bugungi kunda .UZ milliy domenida vsetut.uz, muloqot.uz kabi ijtimoiy tamoqlar faoliyat yuritib keladi.
XS
SM
MD
LG