Линклар

Dehli politsiyasining bugun matbuotga bildirishicha¸ seshanba kuni Hindiston poytaxtida o‘zbekistonlik ayol tomonidan boshqarib kelingan fohishalar to‘dasi fosh etilgan va uning yetti a‘zosi hibsga olingan.

Politsiyaga ko‘ra¸ Dehlining Chhatarpur rayonidagi ijara uylardan birida ishlab kelgan bu guruh o‘zbekistonlik 33 yashar Gulnoz ismlik ayol tomonidan boshqarilgan.

“Qo‘lga olinganlarning barchasi O‘zbekistondan kelgan va ular 27-33 yosh oralig‘idagi ayollardir”¸ dedi Dehli politsiyasi rasmiysi.

Aytilishicha¸ 2009 yildan beri Hindistonda turli asosda o‘z vizasini yangilab kelayotgan Gulnoz ismlik qo‘shmachi ayol muntazam suratda fohishalik uchun o‘zbekistonlik qizlarni Dehliga olib kelish bilan shug‘ullangan.

Politsiyaga ko‘ra¸ o‘zbek fohishalarining ko‘pchiligi sayyohlik vizasi orqali Hindistonga kirgan bo‘lsa¸ qo‘shmachi ayol ularning ayrimlarini yashash huquqi olish maqsadida hindistonlik erkaklar bilan nikohdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘z mijozlariga qorin raqsi¸ hafta oxirlaridagi ziyofatlar va sayyohatga yo‘ldoshlik qilish kabi xizmatlar taklif qilgan Gulnoz tarmog‘idagi qizlarning bir kechalik narxi¸ politsiyaga ko‘ra¸ 20-25 ming (355-440 AQSh dollari) rupiy bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG