Линклар

logo-print
O‘zbekiston hukumatining o‘tgan yil 8 iyuldagi 202-sonli “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan Yo‘riqnomada otib o‘ldirish qoidalari belgilangan. Mazkur huquqiy hujjat shu yilning 1 iyunidan kuchga kiradi.

Unga muvofiq, mamlakat hududida qarovsiz itlar, mushuklar va yovvoyi hayvonlar otib o‘ldiriladi.

Mazkur jarayon, deyiladi Yo‘riqnomada, hayvonlarni otib tashlash hayvonot dunyosidan maxsus foydalanish ruxsatnomalari hamda shahar-tuman obodonlashtirish boshqarmalarining taqdimnomalariga asosan maxsus brigadalar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur amaliyot hayvonlarni tutib emlash yoki zararsizlantirish mumkin bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi.

Hukumat qaroriga muvofiq otish tadbirlaridan aholi bevosita xabardor qilinishi va otuv amalga oshirilayotgan paytda muayyan ehtiyot choralari ko‘rilishi lozim.

Qarovsiz hayvonlarni otish qurollari ov miltiqlari va tabel qurollari orqali bajarilishi mumkin. Ammo bunday amaliyot zinhor tunda yoki yetarlicha yorug‘ bo‘lmagan shariotlarda amalga oshirilmaydi.

Shuningdek, qarovsiz hayvonlarni jamoatchilik joylari, ta‘lim muassasalari va oadm gavjum yerlarda otib bo‘lmaydi.
XS
SM
MD
LG