Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:03

Huquq faollari Asqarovning mulkini himoya qilmoqda


Jalolobod viloyatining Bozorqo‘rg‘on tumanidagi huquq faollari O‘sh qirg‘inida ayblanib bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan huquq himoyachisi Azimjon Asqarovning mol- mulkini musodara qilishga to‘sqinlik qilishmoqda.

Bu haqda CA-NEWS agentligiga 30 may kuni Jalolobod viloyat sud boshqarmasi boshlig‘i Zaril Mambetov ma‘lum qildi.

Uning so‘zlariga qaraganda, 2010 yil 15 sentyabrda Bozorqo‘rg‘on tuman sudi Azimjon Asqarovning mol- mulkini musodara qilish bo‘yicha qaror chiqargan.

Davlat qaydlov bo‘limining ma‘lumot berishicha, Asqarov nomiga xususiy uy ruyxatga olingan.

“Ushbu uyni musodara qilib bo‘lmayapti, chunki huquq faollari turli normativ-huquqiy hujjatlarga va qonunlarga tayanib uni himoya qilishmoqda, – dedi Zaril Mambetov

Xalqaro tashkilotlar Azimjon Asqarovga nisbatan jinoyat ishi sohtalashtirilganini bildirib, Qirg‘iziston hukumatidan huquq faolini qamoqdan ozod qilishni talab etib keladilar.
XS
SM
MD
LG