Линклар

logo-print
Iyun oyida AQSh, Rossiya, bir qator Yevropa va Osiyo davlatlarida O‘zbekiston prezidentining Gugusha tahallusi bilan qo‘shiq ijro etuvchi qizi Gulnora Karimovaning yangi albomi sotuvga chiqariladi.

Bu haqda qo'shiqchining o'zi Twitter sahifasida e'lon qildi.

- Nihoyat qo'limda yangi chiqqan albomni ushlab turibman. Sotuvga rasman iyun oyidan chiqadi. Albom ichida suratlar va qo'shiq matnlari bor. Sifati ham juda yaxshi, deb yozadi @GulnaraKarimova.

Yangi albomda 12 qo'shiqdan iborat va ularning barchasi ingliz tilida ijro etilgan. Shu sabab ham disklar asosan g'arb mamlakatlarida sotiladi.

Prezidentning to'ng'ich qiziga ko'ra, albomdagi "White Shadow" (Oq soya) qoshig'i remiksi ayni damda Nyu York, Los Anjeles, Ibitsa va Jenevadagi tungi klublarda qo'yilyapti.

Gulnora Karimova albomni yozishda mashxur bastakor va prodyuser Maksim Fadeyev bilan hamkorlik qilgan.
XS
SM
MD
LG