Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:35

Breyvik hayajonlantiruvchi kokteyl ichgan


Ekspertiza xulosalariga ko‘ra, Breyvik jinoyatlarini sodir qilishdan avval hayajonga soluvchi dori vositalarini iste‘mol qilgan.

Bugun Oslodagi mahkamada chiqish qilgan ekspertning ma‘lum qilishicha, Breyvik tarkibida efedrin, kofein va aspirin bo‘lgan kokteyl ichgan. Mutaxasisga ko‘ra, bu ichimlik natijasida Breyvik yanada tajavuzkor holatga kelgan.

Oslo mahkamasi Breyvik jinoyatlarga qo‘l urgan paytida aqli o‘zida bo‘lganmi yoki yo‘qligini aniqlashi zarur.

Breyvikning o‘zi agar u aqli noraso deb topilsa, uning harakatlarining siyosiy mohiyati o‘z mazmunini yo‘qotishi mumkinligini aytgan edi.

Breyvik 77 odamni o‘ldirganini tan olgan. U Osloda sodir etilgan va 8 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan portlashlar uchun hamda Utoya orolida 69 kishini otib o‘ldirgani uchun mas‘uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

Breyvikka ko‘ra, u Norvegiya hukumati tomonidan olib borilayotgan ko‘p madaniyatlilik siyosatiga qarshi o‘z-o‘zini himoya qilish maqsadida harakat qilgan.
XS
SM
MD
LG