Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:49

Bishkekda muxolifatchi jurnalist pora bilan ushlandi


Kecha Qirg‘iziston maxsus xizmat kuchlari “Maydan.kg” gazetasi muharriri 33 yoshli Nurg‘azi Anarkulovni pora olganlik aybi bilan hibsga oldi.

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma‘lumotiga ko‘ra, Anarkulov mahalliy firmalardan birining egasidan uni tanqid qiluvchi maqolani chop etmaslik evaziga pora talab qilganlikda ayblanmoqda.

“Maydan.kg” bosh muharriri Gulzada Turdaliyeva Anarkulovning hibsga olinganini tasdiqladi.

Gulzada Turdaliyevaga ko‘ra, yaqinda gazetada prezident Almazbek Atamboyev va boshqa rasmiy amaldorlarni tanqid qiluvchi bir qancha maqola e‘lon qilingan edi.

Anarkulov muxolifatdagi "Ata-Jurt" partiyasining matbuot kotibi ham hisoblanadi.
XS
SM
MD
LG