Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:35

Mirjalol Qosimov O'zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi


Mirjalol Qosimov futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Bu haqda O'zbekiston Futbol Federatsiyasi xabar bermoqda.

Avalroq O'FF matbuot kotibi 2010 yildan beri bosh murabbiy lavozimini egallab kelgan Vadim Abramov iste'foga chiqarilgani haqida xabar tarqatgan edi.

Bunga 2014 yili Braziliyada o'tadigain Jahon chempionatiga saralash o'yinlarining IV bosqichi doirasidagi birinchi uchrashuv O'zbekiston termasining mag'lubiyati bilan yakunlangani sabab bo'lgani aytilmoqda.

Eslatamiz, 3 iyun kuni Toshkentda o'tkan ushbu uchrashuvda Vadim Abramov yetakchilik qilgan O'zbekiston termasi Eron jamoasiga 0:1 hisobi bilan mag'lub bo'ldi. O'yindagi yagon gol qo'shib berilgan 4 daqiqa tugashiga 12 soniya qolganda kiritildi.

Vadim Abramov 2009 yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasiga murabbiylik qilib kelayotgan edi.
Ta‘kidlash joiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi aynan Vadim Abramov boshchiligida o‘z tarixida ilk bor Osiyo Kubogining yarim finaliga chiqqan.
2009 yilda O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2011 yilgi Osiyo Kubogi saralash bosqich uchrashuvlarining so‘nggi turida Birlashgan Arab Amirliklariga yutqazib qo‘yganidan so‘ng Mirjalol Qosimov bosh murabbiylik lavozimini Vadim Abramovga topshirgandi.
Mirjalol Qosimov esa, o‘shandan buyon Toshkentning "Bunyodkor" klubiga boshchilik qilib kelayotgandi.

Mirjalol Qosimov boshchiliga "qaldirg'ochlar" Osiyo Chempionlar ligasining ushbu mavsumida chorak finalga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

42 yoshli Qosimov professional futbol faoliyati davomida O'zbekistonda 7 marta "yilning eng yaxshi futbolchisi" unvoniga sazovor bo'lgan.

Aziz mushtariy, sizningcha, Jahon chempionatiga saralash o'yinlari qizg'in pallaga chiqqan bir vaqtda terma jamoa bosh murabbiyi almashishi qanday natijalarga olib kelishi mumkin?
XS
SM
MD
LG