Линклар

logo-print

Samarqandlik talaba garov puli uchun o‘ldirildi


Samarqandda o‘ldirilgani taxmin etilayotgan talaba yigit jasadi Ishtixondan topilgan.

Samarqandda o‘ldirilgani taxmin etilayotgan talaba yigit jasadi Ishtixondan topilgan.

Samarqand Yuridik kolleji talabasi 18 yoshli Ardasher Rahmatovning o‘z domlasi tomonidan garov puli undirish maqsadida o‘g‘irlanib, keyin o‘ldirilgani aytilmoqda.

Ardasher Rahmatov joriy yilning 8 may kuni yo‘qolgani va unga nisbatan qidiruv e‘lon qilingani haqidagi xabar dastlab Samarqand mahalliy matbuotida paydo bo‘ldi.

Ardasherning yaqinlari, do‘stlari ham Internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali e‘lon berib, uni qidirishdi.

Samarqand Yuridik kolleji bitiruvchisi bo‘lgan Ardasher Rahmatovni qidirish ishlariga huquq-tartibot idoralari xodimlari qariyb bir oy sarfladi.

Yo‘qolgan talaba yaqinlaridan birining, xavfsizlik nuqtai nazaridan ismi-sharifini oshkor qilmaslik sharti bilan Ozodlikka aytishicha, Ardasher yo‘qolganidan 25 kun o‘tib, 1 iyun kuni topilgan.

"Ardasher topildi. Biroq uning o‘ligi topildi. O‘tgan kuni janozasi bo‘ldi. Bugun xudoyisi bo‘layapti"¸ dedi Ozodlik muxbiri suhbatlashgan Ardasherning yaqinlaridan biri.

Garov uchun talabani o‘g‘irlash


Ardasherning yaqin qarindoshi bo‘lgan mazkur manbaning aytishicha, dastlabki taxminlarga ko‘ra¸ Ardasherni kollejdagi domlasi – 28 yoshlik Mansur ismli o‘qituvchi yigit pul uchun o‘g‘irlagan.

"Mansur degan domla. Ardasherning kollejdagi kuratori bo‘lgan. Ikki talaba yigit bilan Mansur domla Ardasherni 8 may kuni o‘g‘irlagan. Talabalar Ardasherning kursdoshlari bo‘lgan. O‘sha kuni Ardasherni o‘ldirishgan. Uni rosa urishgan. Og‘zini skoch bilan bog‘lab qo‘yishgan. Pul uchun qilgan. deyapti. Lekin biz bilmadik¸ hali tergov davom etayapti"¸ deydi Ardasherning qarindoshi.

Ardasherning o‘ligi Samarqandning Ishtixon tumanidan topilgan.

Buni Ishtixon tuman Ichki ishlar bo‘limining o‘zini tanishtirmagan xodimi ham tasdiqladi.

"Lekin voqea Samarqand shahrida bo‘lgan. Tergovni Samarqand shahar prokuraturasi olib borayapti" dedi Ishtixon IIB xodimi.

Samarqand shahar prokuraturasidan voqea bo‘yicha biror bir ma‘lumot olish imkoni bo‘lmadi.

Qotillikni yashirishga urinish


Ardasherning qarindoshi bo‘lgan manbaga ko‘ra, Ardasherning o‘ligi uni o‘ldirgan domlaning Ishtixondagi uyi hovlisidan topilgan.

"Mansur domla asli ishtixonlik bo‘lib, Samarqand shahrida ijaraga uy olib yashayapti ekan. U Ardasherni o‘g‘irlagach, uni shahardagi uyiga olib borgan. O‘sha yerda uni o‘ldirgach, o‘likni Ishtixonda ota-onasi yashayotgan uyga olib borgan va uyning hovlisiga ko‘mishgan" deydi Ardasherning yaqin qarindoshi Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda.

Samarqand huquq-tartibot idoralariga yaqin bo‘lgan, biroq o‘zini tanishtirishni istamagan manbaga ko‘ra, Ardasher Rahmatov samarqandlik taniqli biznesmenlardan birining o‘g‘li bo‘lgan.

Manbaga ko‘ra, kollej o‘qituvchisi Ardasher Rahmatovni uning otasidan garov puli talab qilish maqsadida o‘g‘irlagan, biroq ehtiyotsizlik tufayli uni o‘ldirib qo‘ygan.
XS
SM
MD
LG