Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 07:21

Breyvik ishini ko‘rayotgan sudya mahkamada o‘yin o‘ynab o‘tirdi


Norvegiyalik terrorchi Anders Breyvik ishini ko‘rib chiqayotgan sudyalarning biri mahkama jarayonida kompyuter o‘yini o‘ynayotganligi jamoatchilikka ma‘lum qilindi.

Sudya Ernst Xenning Eylsen kompyuterda "Pasyans" qarta o‘yinini o‘ynab o‘tirgani aks etgan fotosurat Norvegiyaning "Verdens Gang" gazetasida chop etildi.

Nashrda aytilishicha, sudya o‘yin o‘ynayotgan paytda guvohlarning biri o‘z ko‘rsatmalarini berayotgan bo‘lgan.

Sudyaning rasmiy vakili “sudlar mahkamada qatnashayotganlarni doimo diqqat bilan tinglashi” va “diqqatni bir joyga jamlash uchun har xil uslublar bor”ligini qayd etdi.

Breyvik 77 odamni o‘ldirganini tan olgan. U Osloda sodir etilgan va 8 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan portlashlar uchun hamda Utoyya orolida 69 kishini otib o‘ldirgani uchun mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olgan.

Breyvikka ko‘ra, u Norvegiya hukumati tomonidan olib borilayotgan ko‘p madaniyatlilik siyosatiga qarshi o‘z-o‘zini himoya qilish maqsadida harakat qilgan.
XS
SM
MD
LG