Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:26

YeI genotsidni inkor etkan Serbiya prezidentini ogohlantirdi


Yevropa Ittifoqi yaqinda saylangan Serbiya prezidenti Tomislav Nikolichni Srebrenitsa shahridagi musulmonlarga nisbatan bo‘lgan genotsidni inkor etishini toqat qilolmasligi haqida ogohlantirdi.

1995 yilda Serbiyaning Srebrenitsa shahrida ro‘y bergan genotsidda 8000 mingga yaqin Bosniya musulmonlari Bosniya serb kuchlari tarafidan qatliom qilingan.

Genotsid fakti Xalqaro Jinoyatlar Tribunali va Xalqaro Adolat Sudi tarafidan tasdiqlangan.

Serbiyaning yangi prezidenti 1 iyun kuni qilgan chiqishida Serebrenitsadagi qirg‘inni genotsid deb hisoblamasligini aytkan edi.

Dushanba kuni Yevropa Komissiyasi matbuot kotibi Pia Ahrenkilde “Yevropa Ittifoqi tarixni qayta yozilishiga qat‘iyan qarshi" ekanini ta‘kidlab o‘tdi.
XS
SM
MD
LG