Линклар

logo-print

Parkentda dindor yaqinlari bo‘lgan o‘qituvchilar ishdan haydaldi


Toshkent viloyatining Parkent shahrida yaqinlari diniy sababga ko‘ra qamalgani sababidan maktab va litseylarning 14 o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi.

Toshkent viloyatining Parkent shahrida yaqinlari diniy sababga ko‘ra qamalgani sababidan maktab va litseylarning 14 o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi.

Toshkent viloyatining Parkent shahrida yaqinlari diniy sababga ko‘ra qamalgani sababidan maktab va litseylarning 14 o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi.

Bu haqda Toshkentdagi Mustaqil inson huquq himoyachilari tashabbus guruhi xabar tarqatdi. Tashkilot rahbari Surat Ikromovning Ozodlikka aytishicha, o‘qituvchilar tahdid ostida ishdan "o‘z ixtiyorlariga ko‘ra ishdan ketish" haqida ariza yozib berganlar.

- Ularga, sizlarni yaqinlaring qidiruvda, agar yozmasanglar sizlarni ham kuning mana shunaqa bo‘ladi, sizlarga ham jinoyat ishi qo‘g‘atamiz, degandan keyin, bechoralar, yaqinlari qamoqda-de, ular ham qo‘rqqan va yozib bergan,- deydi Surat Ikromov.

Shuningdek, masjidga boradigan yoki yaqin qarindoshlari diniy sababga ko‘ra qidiruvda bo‘lgan o‘qituvchilar ham “o‘z ixtiyoriga ko‘ra” ishdan bo‘shatilgan.

Tashabbus guruhiga ko‘ra, bu o‘qituvchilarning deyarli hammasi diniy ayblovlar bilan qamalgan yoki qidiruvda bo‘lgan musulmonlarning yaqinlaridir.

- Bir tumandan shuncha o‘qituvchi bo‘shatilgani odamni hayron qoldiradi. Keyin men o‘rganib ko‘rdim, bu o‘qituvchilar yaxshi safda turadigan, ancha ishlagan, tajribali o‘qituvchilardan. O‘zbekistonda o‘zi o‘qituvchi yetishmaydi. O‘qituvchi yetishmay turgan bir paytda, o‘qish tugagan paytda bularni bo‘shatilishi bu mutlaqo noto‘g‘ri. Qonunga xilof ravishda bo‘lyapti bu,- deydi Surat Ikromov.

Tashkilot rahbari Surat Ikromovga ko‘ra, o‘qituvchilarni ishdan ketish haqida ariza yozishga Parkent tumani Xalq ta‘limi bo‘limi mudiri Muhiddin Hasanov majburlagan.

Surat Ikromovning aytishicha, Parkentdagi ikki maktabning direktorlari ustidan "Vahhobiylik" diniy oqimiga mansublik ayblovlari bilan jinoiy tergov olib borilmoqda.

Shuningdek, deydi huquq faoli, Parkentda qator fermer va ishbilarmonlar ham turli ayblovlar bilan hibsga olinganlar. Ro‘mmol o‘ragan savdogarlar esa bozordan haydalgan.

- Ro‘molni yechib kelsalaring bozorga qo‘yamiz, deb ochiq aytishgan ularga,- deydi Surat Ikromov.

Mazkur xolatlar yuzasidan Parkent tumani rasmiylaridan izoh olishning iloji bo‘lmadi.

O‘zbekistonda davlatning kuchli nazoratidan tashqarida ibodat qiluvchi dindorlar doimiy ta‘qib ostidadir.

O‘zbekiston rasmiylari diniy oqimlar va g‘oyalarga qarshi kurashni mamlakatda barqarorlikni ta‘minlash ehtiyoji bilan asoslab keladi.
XS
SM
MD
LG