Линклар

logo-print
Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi 6 nafar yigit "Vahhobiylik" diniy radikal oqimiga mansublikda ayblanib, hibsga olindi.

Bu haqda qo‘lga olinganlar yaqinlariga asoslanib O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati 5 iyun kuni ma‘lum qildi.

Olmazor tumani Beshqo‘rg‘on ko‘chasida yashovchi Murod Muhammadxonovning “Ezgulikka” aytishicha, organ xodimlari uning 28 yashar o‘g‘li Dilshod va 12 nafar dindor yigitni hibsga olgan.

Hozirda ular Toshkent shahar 1-son qamoqxonasida saqlanmoqda.

"Ezgulik" rahbari Vasila Inoyatovaning Ozolikka aytishicha, 13 fuqaro "Vahhobiylik" oqimiga mansublikda ayblanib qo‘lga olingan.

Ularga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 159-moddasi (Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish), 244-moddasi 1, 2-qismi (Jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi materiallar tarqatish, noqonuniy diniy va boshqa uyushmalar faoliyatida ishtirok etish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Murod Muhammadxonov farzandi besh mahal namoz o‘qishini, ammo "Vahhobiylik" diniy radikal oqimiga qo‘shilmagani ta‘kidlagan.
XS
SM
MD
LG