Линклар

6 iyun kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Livan termasiga qarshi o‘yinni o‘tkazish uchun Bayrut shahriga uchib ketadi.

8 iyun kuniga belgilangan uchrashuv 2014 yili Braziliyada o‘ztadigan Jahon chempionatiga saralash o‘yinlarining IV bosqichi doirasida o‘tadi.

Terma jamoani tayyorlash markazi direktori Asqar Tolibjonovning O‘zbekiston Futbol Federatsiyasiga bildirishicha, Livandagi notinch vaziyat Bayrutga atayin yuborilgan O‘zbekiston vakili tarafidan o‘rganilgan.

- Livan poytaxti tinch. Chegarada notinch vaziyat bo‘lsa-da, mahalliy hokimiyat va Livan Futbol Uyushmasi bizga 100 foizli xavfsizlikni kafolatlab, rasmiy maktub ham yozishdi, deydi Asqar Tolibjonov.

IV saralash bosqichining ikkinchi turi o‘yini 8 iyun kuni Bfyrut shahridagi Sports City Stadium stadionida Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.

Eslatamiz, IV saralash bosqichining birinchi turida O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Eron termasiga 0:1 hisobi bilan mag'lub bo'ldi. Eronlik golni o'yin tugashiga 12 soniya qolgan kiritishga muvaffaq bo'ldilar.

Uchbu mag'lubiyatdan keyin terma jamoani tayyorlash markazi bosh murabbiy Vadim Abramovni iste'foga chiqarib, uning o'rniga Mirjalol Qosimovni tayinladi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG