Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:44

"Yozsiz yil" filmi prokatga chiqarilmadi


"Yozsiz yil" filmida ona obrazini Malika Ibrohimova ijro qilgan.
"Yozsiz yil" filmida ona obrazini Malika Ibrohimova ijro qilgan.

O‘tgan yilning 11 noyabr kuni premerasi o‘tkazilgan "Yozsiz yil" filmi hanuz kinotetarlarda namoyish qilinmadi.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bilan rejissyor Hotam Fayziyev tomonidan “O‘zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan “Yozsiz yil” filmi taqdimotidan qariyb yetti oy o‘tganiga qaramay film kinoteatrlar ekranini ko‘rmadi.

Film rejissyori Hotam Fayziyev Ozodlik bilan suhbatda “Yozsiz yil” filmining kinoteatrlarga chiqarilmayotgani sabablari hatto o‘ziga ham noma‘lum ekanlini aytadi.

- Buni kim ko‘rsatmayotgan bo‘lsa, o‘shandan so‘rash kerak. Men kim ko‘rsatmayotganini ham bilmayman. Kim ko‘rsatmayapti, ko‘rsatgisi kelayaptiyu hech kim ko‘rmayaptimi – bu masalalarni men tushuna olmayapman. Kimning aybi bilan bo‘layapti. Bunisi menga qorong‘u,- deydi Hotam Fayziyev.

“O‘zbekkino” agentligining filmlarni prokatga chiqarish bo‘limining o‘zini tanishtirmagan xodimi “Yozsiz yil” filmiga nisbatan hech qanday taqiq yo‘qligini ta‘kidladi.

- Hech qanaqa taqiq yo‘q bu filmning orqasida. Kinoteatrga boring, so‘rang ishonmasangiz. Dom kinoda qo‘yilgan, Panoramada qo‘yilgan. Masalan, kinoteatrlar ham filmga odam tushmasa, to‘xtatib qo‘yishga haqqi bor. Filmga balki hech kim tushmagandir. Shuning uchun ham to‘xtatishgandir. Bu filmning tematikasi bor. U narsagachi talab yo‘qda. Nimaga deng? Tematika bo‘yicha ishlangan filmlarga yoshlar tushmaydi. Sevdim kuydim, o‘ldim qoldimlarga tushadi yoshlar,- deydi “O‘zbekkino” xodimi.

“Kinochilar uyi”dan esa “Yozsiz yil” filmi bu yerda namoyish qilinmadi degan javobni oldik.

Mazkur filmning taqdimoti 2011 yilning 11 noyabrida o‘tkazilgan va mahalliy matbuotda film haqida iliq fikrlar bildirilgan edi.

Filmni tomosha qilgan, biroq o‘zini oshkor qilishni istamagan toshkentlik jurnalistga ko‘ra, film intellektual kino talablariga javob beradigan darajada yaratilgan.

Suhbatdoshimiz filmda, ayniqsa, operatorlik ishi tahsinga loyiqligi, betakror kadrlar orqali film koloriti boyiganini gapirdi.

“Yozsiz yil”da avtohalokat tufayli bir umrga nogiron bo‘lib qolib, sevgilisining vasliga yetishish baxtidan mahrum bo‘lgan yigitning va uning dardida g‘am yutayotgan onaning iztiroblari tasvirlanadi.

Hotam Fayziyevga ko‘ra, Zulfiya Qurolboy qizi stsenariysi asosidagi mazkur film psixologik drama janrida suratga olingan.

- Filmning asosiy g‘oyasi ona bilan bola munosabati, onaning farzandiga bo‘lgan mehri, insonlarning ichki dunyosi chuqur o‘rganilib ekranga chiqarilgan. Bizning filmda shu narsalar ko‘rsatiladi. Bu albatta odamning psixologiyasidan, odamning ichki dunyosidan, odamning bir-biriga bo‘lgan munosabatlaridan kelib chiqqan,- deydi Hotam Fayziyev.

Joriy yilning aprel oyida "O‘zbekkino" milliy agentligida o‘tgan kinoshunoslarning konferentsiyasida "Yozsiz yil" filmi haqida maqtovli fikrlar bildirilish bilan birga tanqid ostiga ham olindi.

Jumladan mazkur filmda “voqealar tizimi, primitiv, oddiy syujetlardan iborat bo‘lib qolganligi, filьm stsenariysining bir yoqlama tuzilganligi, filьmda bosh qahramon qiz Marvaridning hayoti, his-tuyg‘ulari, iztiroblari umuman yoritilmaganligi” aytildi.

Hotam Fayziyev bu tanqidlarni asossiz deb hisoblaydi. Uning aytishicha, filmda Marvaridning obraziga katta e‘tibor qaratish rejasi bo‘lmagan.

- Marvarid bir ramziy obrazday o‘zi. Buning sevgi marvarid. Ramziy she‘r bu. Biz Marvarid bilan bu yigit orasidagi muhabbatni boshidan oxirigacha ko‘rsatish vazifamiz yo‘q edi,- deydi Hotam Fayziyev.

Film voqealari Toshkent viloyatining Sijjak qishlog‘ida tasvirga olingan. Prezident Islom Karimovning qarorgohidan biri joylashgan Sijjak qishlog‘i filmda o‘ta g‘aribona tarzda tasvirlangan.

Bugungi o‘zbek kinolarida tasvirlanadigan hashamatli uylar o‘rniga, "Yozsiz yil" filmida oddiy qishloq uylari suratga olingan.

Filmni tomosha qilgan taniqli rassom Vyachislav Oxunovning Uznews.net saytiga aytishicha, filmda reallik aks ettirilgan.

"Kimdir, bu filьm depressivdir, va uni bizning jamiyatimizga ko‘rsatish maqsadga muvofiq emas degan ekan. Uning qahramonlari, hozir biz hammamiz yashayotgan, basseynlari va avtomobillari bor ikki qavatli imoratda yashashmaydi, an‘anaviy qishloq uylari, hech qanday "chernuxa" yo‘q",- deydi rassom Oxunov.
XS
SM
MD
LG