Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:05

ShHT Gulnora Karimovani taqdirladi


Gulnora Karimovaning ShHT mukofotiga sazovor bo‘lgani haqida uning Twitter mikroblogidagi shaxsiy sahifasida ham, Karimova vasiylik qiluvchi "O‘zbekiston madaniyati va san‘ati forumi" jamg‘armasi saytida ham hozirgacha hech qanday ma‘lumot berilmadi.
Gulnora Karimovaning ShHT mukofotiga sazovor bo‘lgani haqida uning Twitter mikroblogidagi shaxsiy sahifasida ham, Karimova vasiylik qiluvchi "O‘zbekiston madaniyati va san‘ati forumi" jamg‘armasi saytida ham hozirgacha hech qanday ma‘lumot berilmadi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti ta‘sis etgan “Ipak yo‘li-gumanitar hamkorlik” mukofoti bu yil tashkilotga a‘zo davlatlar vakillaridan 6 kishiga berildi.

ShHT mukofotiga sazovor bo‘lgan rossiyalik san‘at arbobi Mira Koltsova, Tojikistonning Xitoydagi elchisi Rashid Alimov, qozog‘istonlik olim Duken Mazimxan, Xitoy millatlar markaziy universiteti professori Xu Chjenxua, Qirg‘izistonning sobiq madaniyat vaziri Sultan Rayevlar orasida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ichi Gulnora Karimova ham bor.

Sinxua agentligi xabaridan kelib chiqilsa, kecha Pekindagi Xalq yig‘inlari saroyida o‘tkazilgan mukofot topshirish marosimida Gulnora Karimova “o‘zbekistonlik jamoat arbobi” deya taqdim etilgan.

Ayrim ma‘lumotlarga ko‘ra, mazkur mukofotni olish uchun Gulnora Karimova Pekinga shaxsan bormagan, balki unga atalgan nishon O‘zbekiston vakiliga topshirilgan.

ShHT tomonidan ta‘sis etilgan “Ipak yo‘li-gumanitar hamkorlik” mukofoti, rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, tashkilotga a‘zo davlatlar o‘rtasida gumanitar hamkorlik yo‘lida alohida hissa qo‘shgan mashhur shaxslarga beriladi.

Kechagi mukofot topshirish marosimida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan aloqalari iliq deb bo‘lmaydigan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va XXR Davlat kengashi a‘zosi Day Bingo ishtirok etgani aytilmoqda.

6 iyun kuni mazkur mukofot topshirilgan saroyda “Yaxshi qo‘shnichilik” deb nomlangan xalqaro badiiy ko‘rgazma ham ochilgan. Ko‘rgazmaga ShHTga a‘zo davlatlardan bo‘lgan 54 nafar rassomning 120 ta kartinasi qo‘yilgan.
XS
SM
MD
LG