Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:08

O‘zbekiston Futbol federatsiyasi soliq va to‘lovlardan ozod qilindi


O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi shu yilning 1 iyunidan boshlab O‘zbekiston Futbol federatsiyasini uch yilga soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod qilish haqida qaror qabul qildi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi stadionlarni rekonstruktsiya qilish uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan jihozlar, materiallar va boshqa buyumlarni xorijdan olib kelgan taqdirda, ular uchun bojxona to‘lovi to‘lamaydi.

Shuningdek, federatsiya yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari boshqa barcha soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi.

Soliqqa mo‘ljallangan mablag‘lar futbol rivoji uchun yo‘naltirilishi, ularning ne qadar maqsadga muvofiq ishlatilayotganini nazorat qilish esa Davlat soliq qo‘mitasi zimmasiga yuklatilishi aytilmoqda.

Mazkur qaror O‘zbekiston futbol klublarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida qabul qilingan ta‘kidlangan.

Vazirlar Mahkamasi shu kabi qarorni avvalroq, aniqrog‘i, 2009 yil aprelida ham qabul qilgandi.
XS
SM
MD
LG