Линклар

Futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi FIFA tashkilotining iyun oygi reytingida 4 pog'onaga yuqoriladi. Ayni damda Mirjalol Qosimov shogirdlari dunyo reytingida 66-o'rinni egallab turishibdi.

Xalqaro futbol federatsiyasining Osiyo bo'yicha reytingida esa O'zbekiston yana beshinchi pog'onaga yuqoriladi. Oldinda esa Yaponiya (dunyoda 23-chi), Avstraliya (24), Janubiy Koreya (34) va Eron (45) jamoalari.

Biroq bu ko'rsatkich milliy terma jamoaning saviyasi yuqorilaganiga dalil bo'la olmaydi. Chunki may oyida O'zbekiston termasi birorta ham o'yin o'tkazmadi. Reytingdagi yuqorilashga esa bungacha yuqoriroq o'rinda bo'lgan bir qator jamoalarning (jumladan, Xitoy) may oyida o'tkazgan o'yinlardagi muvaffaqiyatsizliklari sabab bo'ldi.

Umumiy reytingda hali ham Ispaniya terma jamoasi birinchi o'rinda bormoqda. Kuchli beshlikda Ispaniya bilan birga Urugvay, Germaniya, Gollandiya va Braziliya jamoalari o'rin olgan.

Ayni damda O'zbekiston milliy terma jamoasi Bayrut shahrida 8 iyun kuni o'tadigan Livan terma jamoa bilan uchrashuvga hozirlik ko'rmoqda. O'yin 2014 yilda o'tadigan Jahon chempionati saralash o'yinlarining IV bosqichidagi ikkinchi tur doirasida o'tadi.

Birinchi tur o'yinida O'zbekiston termasi o'z uyida Eron jamoasiga 0:1 hisobi bilan mag'lub bo'lgan edi. Ushbu mag'lubiyat ortidan terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov ishdan olinib, uning o'rniga Mirjalol Qosimov tayinlangan edi.

Livan termasiga qarshi o'yin 8 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.
XS
SM
MD
LG