Линклар

Bugun futbol muhlislari intizorlik bilan kutib kelgan tadbir - 2012 yilgi Yevropa chempionati boshlanadi.

Chempionat Polsha va Gretsiya terma jamoalari o‘yini bilan ochiladi. Shuningdek, bugun Polshada o'tadigan uchrashuvda Rossiya va Chexiya terma jamoalari ham to'qnashishadi.

Polsha-Gretsiya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da, Rossiya-Chexiya o'yini esa 23:45 da boshlanadi.

Bu safar futbol bo‘yicha Yevropa chempionatiga Polsha va Ukraina mezbonlik qilmoqda. Musobaqalarda 4 guruhga bo‘lingan 16 davlatning terma jamoasi ishtirok etadi.

Chempionatining final o‘yinlari 1 iyul kuni Kiyevda bo‘lib o‘tadi.
XS
SM
MD
LG