Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 10:07

O‘sh qirg‘iniga ikki yil to‘ldi


O‘sh markaziga o‘rnatilgan "Onaning ko‘z yoshi" monumentida qirg‘in kunlari o‘z farzandlaridan ayrilgan qirg‘iz va o‘zbek ayoli tasvirlangan.
O‘sh markaziga o‘rnatilgan "Onaning ko‘z yoshi" monumentida qirg‘in kunlari o‘z farzandlaridan ayrilgan qirg‘iz va o‘zbek ayoli tasvirlangan.

O‘sh voqealari bo‘yicha 545 kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ulardan 400 nafari o‘zbek, 133 kishi qirg‘iz, 8 nafari boshqa millatlar vakillari.

10 iyun kuni O‘sh qirg‘ini sodir etilganiga ikki yil to‘ldi. Shu munosabat bilan Qirg‘izistonda qirg‘inda qurbon bo‘lganlar xotirasini yodga olish tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘sh shahar militsiyasi esa kuchaytirilgan tartibda ishlashga o‘tgan. Militsiyaga 1400 nafar xalq drujinachilari shaharni nazorat qilishda ko‘maklashmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, O‘shda vaziyat barqaror va nazorat ostida.

O‘sh qirg‘inining ikki yilliga arafasida Qirg‘iziston prezidentining rasmiy saytida fojea yuzasidan raqamlar e‘lon qilindi. Quyida ulardan ayrimlarini keltirmoqdamiz.

2010 yil 10 iyunida boshlanib, bir necha kun davom etgan etnik to‘qnashuvlarda 442 kishi halok bo‘lgan. Qurbon bo‘lganlardan 295 nafari (70%) o‘zbek, 123 nafari (29,2%) qirg‘iz, 1 rus, 1 pokistonlik va 1 uyg‘urdir.

O‘sh voqealari bo‘yicha 545 kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ulardan 400 nafari o‘zbek, 133 kishi qirg‘iz, 8 nafari boshqa millatlar vakillari.

Bundan 2 muqaddam, 2010 yil 10 iyun kuni boshlangan fojeani Ozodlik radiosi oshig‘ich diqqat bilan kuzatgan va qirg‘in butun dahshati bilan sarlavhalarimizda aks etgan edi (quyida tinglang).



Fojea xronikasini shu joyda to‘xtatamiz. Qirg‘in keyingi kunlarda Jalolobodga, Bozorqo‘rg‘onga ko‘chdi. Yuz mingdan ziyod qirg‘izistonlik o‘zbek qo‘shni O‘zbekistondan boshpana topdi. Bu gaplarning barchasidan millat taqdiriga befarq bo‘lmagan har bir o‘zbek, mamlakat taqdiriga befarq bo‘lmagan har bir qirg‘izistonlikning xabari bor.
XS
SM
MD
LG