Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:55

O‘shda ikki yilga cho‘zilgan qayta tiklash ishlari yakunlanayapti


O‘sh qirg‘ini paytida vayron etilgan shaharni qayta tiklash uchun ikki yil vaqt kerak bo‘ldi. Qirg‘in kunlari 3746 ko‘chmas mulk ob‘ekti vayron etilgan.

Shu kunlarda ham O‘shdagi o‘zbek mahallalarida qirg‘in kunlari vayron etilgan, yoqib yuborilgan uylarni qayta qurish ishlari davom etmoqda.

2010 yilgi O‘sh voqealaridan so‘ng xalqaro tashkilotlar ko‘magida o‘shliklarga yonib ketgan uylari o‘rniga 28 kvadrat metrdan iborat ikki xonali vaqtinchalik uylar qurib berilgan edi.

2011 yilda O‘shda yondirilgan uylarning ikkinchi bosqichi boshlanib, jabrlanganlarga 100 kvadrat metrgacha yangi uylar qurib berilishi lozim edi. Biroq qurilish ishlarining kech boshlangani sababli o‘tgan yili qurilishning 2-bosqichi o‘z nihoyasiga yetmay qolgan.

Ayni paytda xalqaro tashkilotlar qurilishning yakunlanmay qolgan ikkinchi bosqichini davom etdirmoqdalar.

Bu jarayon qanday ketayotgani borasida o‘shlik huquq himoyachisi Izzatullo Raxmatullayev bilan suhbatlashdik. Quyida ana shu suhbatngi tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG