Линклар

Polsha va Ukrainada 8 iyun kuni futbol bo‘yicha 2012 yilgi Yevropa chempionati boshlandi. O‘zbekistonlik futbol shinavandalari har kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da va 23:45da chempionat o‘yinlarini jonli tarzda tomosha qilmoqda.

Musobaqaning birinchi kunida Polsha va Gretsiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 1:1, Rossiya va Chexiya Respublikasi jamoalari o‘yini 4:1 hisobida rossiyaliklar g‘alabasi bilan yakunlandi.

9 iyun kuni Hollandiya jamoasi kutilmaganda Daniya terma jamoasiga 0:1 hisobida boy berdi, Germaniya esa Portugaliya jamoasi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Yakshanba kuni Xorvatiya 3:1 hisobida Irlandiya Respublikasi terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Ispaniya va Italiya jamoalari o‘yini 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari qaysi Yevropa jamoalarini ko‘proq qo‘llayotganini bilish uchun respondentlarga “Siz kimga ishqiboz?” degan savol bilan murojaat qildik.

Sanjar Ismoilov, san‘atkor:


- Yaxshi komandniy o‘yinlarni ko‘rayapmanu, lekin yulduzlarning ajralib turadigan bir nimasi ochilayotgani yo‘q. Balki chempionat endi boshlanganiga o‘yin qovushmayotganidandir. Lekin o‘rtacha komanda yo‘q. Hammasi kuchli. Falon komanda zo‘r chiqadi, piston komanda bunday chiqadi¸ deyish sal qiyin. Kecha Ispaniya-Italiya o‘yini bo‘ldi. Haqiqatan kuchli o‘yin bo‘ldi. Hali muqim aytib ham bo‘lmaydida. Hamma yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan, charchamagan. Birinchi o‘yin bo‘lgani uchun shiddat bilan o‘ynashayapti. O‘zimga qolsa endi biz sovet paytida shakllanganmiz, rus adabiyotini o‘qiganmiz. Shunday bo‘lgandan keyin asosan Rossiyaga boletь qilaman.


Hotam, talaba:


- O‘zi mening futbolga qiziqishim uncha yo‘q. Lekin og‘aynilar bilan ko‘rishish uchun boletь qilib futbol ko‘raman. Shaxsan o‘zim boletь qiladigan jamoa yo‘q. Men o‘zi sportga ishqiboz emasman. Toshkentda ko‘pchilik yoshlarning orasida, 16 yoshdan 20-25 yoshgacha bo‘lganlar orasida otdushi sportga qiziqib¸ futbolni otdushi tomosha qilayotganlar qo‘shilayotganlar kam. Ko‘pchilik o‘zining nonini topish bilan ovora. yoz keldi, mana o‘qishlar ham tugadi. Hamma ishlayapti.

Ismoil, Xorazm, qo‘shko‘pirlik usta:


- Futbol o‘yinini Mash‘al radiosi sport programmasida eshityapman. Televizorda ko‘rolmaymiz. Svet chataqku. Har kuni 2-3-4 bo‘ladi keyin o‘chadi. Xohlagan paytida o‘chiradi, xohlagan paytida yoqadi. Radioda eshitamiz shuni o‘zi bo‘ladi. Bolalar ko‘rishayapti. Kecha Italiya bilan Ispaniya yaxshi o‘ynadi. No, nichya bo‘ldi. Men futbolga ishqiboz emasman. Lekin mana shunaqa chempionatlani lyuboy odam ko‘radi. Manga baribir ko‘raveraman. Lekin hech bir tomonga balet qilmiyman.

Xorazm viloyati IIB xodimi Latif Jo‘raqulov:


- Yo‘q, aka men futbolga qiziqmayman to‘g‘risini aytsam. Men boshqa sport turlariga qiziqaman. Karatega qiziqaman, kikboksingga qiziqaman. Yevro 2012 o‘yinlarini ko‘rmayapman. Futbolga hamkasbim qiziqadi. U Angliyaga ishqiboz ekan. Shunday deb yozib qo‘ying.

Saidjon, Moskvadagi mehnat muhojiri:


- Kecha Italiya-Ispaniya o‘yinini ko‘rdik. Vaqtimizga qarab ko‘rayapmiz. Hammasini barobar ko‘ra olmayapmiz. Ishdamizda kunduz kuni. Kechki payt ko‘rayapmiz. Hozir bir narsa deyish qiyinda. Menga hozircha Ispaniyaning o‘yinlari yoqadi. Oldindan ham yoqardi. Men Portugaliya bilan Ispaniyaga. Bilmadim yulduzlari ko‘pmi o‘yini yaxshida. Rossiya-Chexiyani ko‘ra olmadik. O‘zingizga ma‘lum ishdamizda. Dik Advokatning yo‘nalishi bilmadim yoqmayapti. Baribir hozir yutgani bilan bilmadim oxirida nima bo‘ladi. Ispaniya, Italiya, Avstriya o‘shalarga bolet qilsangiz yaxshiroqda.


Mahbuba, O‘zvinosanoat-Xolding xodimi:


- Yevro 2012 futbol o‘yinlarini ko‘ryapman. Rossiya, Italiya, Ispaniya o‘yinlarini ko‘rdim. Men Rossiyaga balet qilaman. Chunki bu komanda menga yoqadi. Bivshiy sovetskiy soyuz shunga nima qilaman. Rossiya chempion bo‘lishini xohliman. Hamma o‘ziga komanda tanlaydi. Men ham o‘zimga Rossiyani tanlaganman. Menga Arshavin, Korjakov, Shirokovning o‘yinlari yoqadi. Menga yana Portugaliya, Italiya, Ispaniya komandalarining o‘yinlari ham yoqadi. Lekin kim chempion bo‘lishini ayta olmayman.


Ahmad, Qashqadaryo:


- Futbolga qiziqaman. Kecha Ispaniya-Italiya o‘yinini ko‘rdim, Rossiya bilan Chexiyani ko‘rdim, Portugaliya bilan Germaniya o‘yinini ko‘rdim. Menga Ispaniyani va Rossiyani o‘yinlari yoqayapti. Yaxshi o‘yinlar bo‘layapti. Yomon deb bo‘lmaydi. Hammasi bir-biridan chiroyli yaxshi o‘yinlar bo‘layapti. Men ko‘proq Ispaniya bilan Rossiyaga balet qilaman, muxlislik qilaman. Lekin hozirdan mana bu terma jamoa chempion bo‘ladi deyish qiyin. Hammasi bir-biridan kuchli. Daniya Gollandiyani yutib qo‘ydi. Hech kim buni kutmagan edi. Gollandiyada zo‘r o‘yinchilar bor. Daniyada ko‘zga ko‘ringan o‘yinchilar yo‘q. Shunday bo‘lsa ham yutib qo‘ydi. O‘yinda bu. Haligi aytadiku, to‘p yumaloq maydon tekis, deb. Qaysinisi yaxshi o‘ynasa, murabbiyning ko‘rsatmalariga amal qilsa, o‘shanga ko‘proq bog‘liqmi deyman? Ba‘zida burabbiyning bitta xatosi ko‘p narsani hal qilib qo‘yishi mumkin. 2-3ta tur o‘yin o‘tganidan keyin kim chempion bo‘lishini gapirsak bo‘ladi. Hozir bir nima deb bo‘lmaydim.

Sodiq, surxondaryolik tijoratchi:


- Futbolga ko‘p ham qiziqmayman. Kecha Ispaniya bilan Italiya o‘ynayotgan ekan o‘shani tomosha qildim. Endi o‘zimmi boshqa ishim borda. Lekin futbol o‘ynab turamiz. Oldin ko‘rgan paytimda ko‘proq Rossiya komandasiga balet qilardim. Hozir ham Rossiyaga balet qilaman. Rossiya komandasini odam qanaqadir yaqin oladi o‘ziga.


******************************************************************************

Hurmatli mushtariy, Siz ham "Hafta savoli"ga javob yozmoqchi yoki shu mavzuda ma‘lumot bermoqchi bo‘lsangiz "Sharhlar" tugmachasini bosib, fikr-mulohazalaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.
XS
SM
MD
LG