Линклар

logo-print

Qirg‘iziston janubida yuzaga chiqqan milliy nizoning ikki yilligi munosabati bilan O‘shga borgan Almazbek Atambayevning seshanba kuni o‘zbek jamoasi oqsoqollari bilan uchrashishi kutilmoqda.

O‘sh shahar O‘zbek milliy-madaniy markazi rahbari Abdurashid Xo‘jayevdan olingan ma‘lumotga qaraganda, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning 12 iyun kuni o‘shlik o‘zbeklar vakillarini qabul qilishi rejalashtirilgan.

Millat vakillari davlat rahbari bilan uchrashuvda undan O‘sh fojiasidan so‘ng ozodlikdan mahrum qilingan fuqarolarni avf etishni so‘ramoqchi.

Prezident Atambayev 2010 yil iyun fojiasining ikki yilligi bilan O‘shda o‘tkazilayotgan tadbirlarda ishtirok etmoqda.

Muxbirimiz milliy markaz rahbari Abdurashid Xo‘jayevdan O‘shda vaziyat to‘g‘risida so‘radi.

Ozodlik: Shaharda vaziyat barqarormi?

- Vaziyat yaxshi. Kecha soat 9da ikki yillik munosabati bilan prezident kelib Kolokol mirani ochib berdi.

Ozodlik: Tinchlik qo‘ng‘irog‘i-a?

- Ha. Undan keyin o‘zbek-qirg‘iz aralash jabr tortgan oilalarni chaqirib ularga osh berildi.

Ozodlik: Kecha prezident Atambayev O‘sh voqealari davomida yaqinlaridan ajralganlar bilan uchrashibdi ekan. O‘zbeklar ham bo‘ldimi uchrashuvda?

- Ancha-muncha katta oqsoqollar bo‘lib kirib chiqishdi. Ko‘p gap bo‘lgani yo‘q. Bugun soat 10 ga mo‘ljallagan edik. Beshta o‘zbek oqsoqolini tayinlab qo‘ygan edik. Bugun vaqti bo‘lmay qoldi. 10 da machit ochilishi bo‘ldi. Soat 4 da Manas aeroportida katta haykal ochiladi. Shunga bizning faollarimiz bilan ertaga uchrashadigan bo‘ldi.

Ozodlik: Demak, o‘zbek jamoatchiligi vakillari to‘rt-besh kishi ertaga prezident Atambayev bilan uchrashadi. Ular prezident oldiga qanaqa masalalarni qo‘ymoqchi?

- Birinchi masala amnistiya to‘g‘risida.

Ozodlik: Kimning amnistiyasi?

- Qamoqda o‘tirgan 2010 yil iyun oyidagi voqealarga tegishli bolalarga amnistiya berish to‘g‘risida savol qo‘yiladi. Ikkinchisi¸ maktab bo‘yicha qo‘yiladi. Ancha-muncha yerlarda o‘zbek tilidagi maktablarda o‘zbek tilini olib tashlab qirg‘izchani yozib qo‘ygani bor. O‘zimizning tilimizni yozsin deb aytiladida. Uchinchi masala kitoblar, to‘rtinchi masala dehqonchilik. Dehqonlar qiynalib ketdi. Benzin qimmat, solyarka qimmat, hamma yoq qimmat, sotilayotgan mahsulot juda arzon. Misol uchun paxta, tamaki, shunga o‘xshagan narsalar.

Ozodlik: Qolgan masalalar milliymas umumiy, janubdagi vaziyat.

- Milliy masalaga amnistiya bilan kadrlar kiradi. Men bo‘lib qo‘ydim kim nimani gaplashadi. Katta oqsoqollar kiradi hammasi.

Ozodlik: Kadrlar masalasini qanday qo‘ymoqchisizlar?

- Misol uchun hozir militsiyalarda, boshqa yerlarda militseyskiy akademiyani bitirganlar olinayapti ko‘proq. Bizda akademiyada o‘qiydigan bola yo‘q.

Ozodlik: O‘zbeklarda demoqchimisiz yoki umuman janubdami?

- O‘zbeklarda asosan. Bizning bolalar akademlarda o‘qisin deyapmizda.

XS
SM
MD
LG