Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:46

Rafael Nadal yettinchi bor Rolan Garos g‘olibi bo‘ldi


Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal dushanba kuni Frantsiyada o‘tgan Rolan Garos turniri finalida serbiyalik Novak Jokovichni to‘rt setda mao‘lub etdi - 6:4, 6:3, 2:6, 7:5.

Yakshanba kuni boshlangan final, yomg‘ir tufayli bir necha bor to‘xtatilganidan so‘ng, dushanba kunga qoldirilgan edi.

Shunday qilib, "tuproqli kort qiroli" nomini olgan Nadalь “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Rolan Garos turniridagi yettinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu esa rekord ko‘rsatkichdir.

Ronal Garos ayollar o‘yinlarida esa rossiyalik Mariya Sharapova g‘olib bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG