Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:45

Londonda O‘zbekiston bayrog‘ini bokschi Elshod Rasulov ko‘tarib chiqadi


Londonda o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimida O‘zbekiston bayrog‘ini bokschi Elshod Rasulov ko‘tarib chiqadi.

Bu haqda Madaniyat va Sport ishlari vazirligi o‘tkazgan matbuot anjumanida e‘lon qilinidi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbari Malik Boboyevga ko‘ra, O‘zbekiston olimpiadachilari Londonga ikki qismga bo‘linib yo‘l olishadi. Delegatsiyaning birinchi qismi 20 iyul kuni, asosiy qismi esa 24 iyul kuni Londonga yo‘l oladi.

25 iyul kuni Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Londondagi Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekistondan 53 sportchi 15 sport turi bo‘yicha qatnashadi.

O‘zbekiston paralimpiya sportchilari ham 10 litsenziyani qo‘lga kiritishgan.

Bu yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlari 27 iyuldan 12 avgustga qadar davom etadi.
XS
SM
MD
LG