Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:05

Yevro 2012: Ukraina D guruhining peshqadami


Futbol bo‘yicha Ukraina terma jamoasi Shvetsiya termasi ustidan 2:1 hisobida qozongan g‘alabasidan so‘ng uch ochko bilan D guruhining peshqadamiga aylandi.

Kiyev shahrida o‘tgan o‘yinda mezbonlarning 35 yoshli hujumchisi Andrey Shevchenko dublga mualliflik qildi.

D guruhidagi ikkichi juftlik Frantsiya va Angliya terma jamoalari Donetsk shahrida uchrashishdi. Donbass stadionida o‘tgan o‘yinda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.

Bugun esa A guruhida ikkinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Unda Vrotslav shahrida Gretsiya terma jamoasi Chexiya termasi bilan, Varshavada esa mezbonlar - Polsha termasi Rossiya jamoasi bilan uchrashadi.

1 iyulga qadar davom etadigan Yevro 2012 o‘yinlariga Polsha va Ukraina birgalikda mezbonlik qilmoqda.

D guruhidagi o'yinlarda kiritilgan gollar to'plami:

Fransiya-Angliya 1:1



Ukraina-Shvetsiya 2:1

g
XS
SM
MD
LG