Линклар

logo-print

Ozodlik ONLINE dasturining 11 iyun kuni efirga berilgan navbatdagi sonida ana shu savol atrofida fikr almashdik. Dasturimiz mehmoni jurnalist Abdurahmon Tashanov bo‘ldi.

“Ozodlik Online” - Internetdagi zamonaviy media platformalarni bitta tugal audio dasturga birlashtirgan Ozodlikning jonli interaktiv loyihasi.

“Ozodlik Online” dasturida o‘zbek jamiyatining ilg‘or vakillari bilan haftaning eng asosiy voqealari, millatning eng dolzarb muammolari muhokama etiladi.

Dasturni har dushanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da www.ozodlik.org hamda Ozodlikning “Facebook” sahifasida jonli eshiting!

“Ozodlik Online” tinglovchilari dastur davomida Skype orqali (ozodskype) to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga chiqib ochiq muloqot ishtirokchisiga aylanishlari mumkin.

“Ozodlik Online” dasturida Ozodlikning “Facebook” va “Twitter” dagi sahifasi orqali ham qatnashish mumkin. Ayni paytda savol va sharhlaringizni +420724 971 539 raqamiga SMS tarzda yo‘llashingiz mumkin.

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga ko‘ra, 2012 yil aprel oyiga qadar mamlakat buyicha Internet foydalanuvchilari soni 9 million 100 mingdan oshgan. Bu o‘tgan yarim yil ichida Internet foydalanuvchilari soni qariyb bir millionga oshgan.

Agentlik ma‘lumotlariga ko‘ra, 3,8 million foydalanuvchi Internetga statsionar kompьyuterlar orqali, 5,2 million o‘zbekistonlik esa mobil Internetdan foydalanadi.

O‘zbekistonda mobil telefon abonentlari soni favqulodda ko‘paymoqda, Internetdan foydalanuvchilar soni jadal oshib bormoqda, simsiz Internet, 3G va 4G aloqa vositalari rivojlanmoqda. Shunga qaramay xalqaro tashkilotlar O‘zbekistonni yillardan beri “Internet dushmanlari” ro‘yxatiga qo‘shib keladi. Xo‘sh, nega shunday?

Internet – globallashuvning eng qudratli vositasiga aylandi, biz yashayotgan davrning eng katta siyosiy o‘zgarishlari katalizatoriga aylandi.

Internet bir tomondan erkinlik va demokratiyaga yo‘l ochuvchi vosita sifatida xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, avtoritar davlatlar Internetdan o‘z tuzumlarini mustahkamlashda samarali foydalanishga urinishmoqda. Ba‘zi rejimlar buning uddasidan chiqishmoqda ham.

O‘zbekiston hukumati, Internet va informatsion texnologiyalar taraqqiyotiga jiddiy e‘tibor qaratishini aytsa-da, hukumatning Internet borasidagi cheklovlariga sabab bo‘layotgan xavotirlari nima? Siz, O‘zbekiston ichidagi internet tsenzurasini qanchalik his qilayapsiz? Uni chetlab o‘ta olayapsizmi? Ushbu savollarga 11 iyun, dushanba kungi dasturimizda javob izladik. Mavzu yuzasidan siz ham o‘z fikrlaringizni bildirmoqchi bo‘lsangiz, bizga sharh qoldiring.



Har Dushanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da chiqadigani Ozodlik ONLINE dasturlarida fikr-mulohazalaringiz bilan ishtirok eting va jonli-interaktiv muloqotga SKAYP orqali qo‘shiling!
XS
SM
MD
LG