Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:04

O‘zbekiston 3,35 million tonna paxta hosili olmoqchi


O‘zbekiston hukumati bu yil mamlakatda paxtadan 3,35 million tonna hosil olinishini bashorat qilmoqda. Mamlakat rahbari Islom Karimov bu yilgi paxta xom ashyosi yetishtirish rejasini ma‘qulladi.

CA-News Internet nashriga ko‘ra, bu yil Qashqadaryo viloyatida 417 ming tonna, Buxoro viloyatida 342 ming tonna va Surxondaryo viloyatida 335 ming tonna paxta yetishtirilishi mo‘ljallangan.

Paxtaning ellik foizini davlat o‘z ehtiyoji uchun sotib olishi rejalangan.

O‘tgan yili O‘zbekistonda paxtadan 3 yarim million tonna paxta hosili olingan.

Paxta sotilishidan tushgan daromad 1 milliard 365 million AQSh dollarini tashkil qilgan edi.

Bu daromad undan avvalgi yildagiga qaraganda 25 foizga ko‘proqdir.

2015 yilga borib, O‘zbekiston o‘zida ishlab chiqarilayotgan paxta tolasi hajmini 70 foizgacha yetkazish rejasida.

O‘zbekiston dunyoning eng yirik paxta yetishtiruvchi davlatlaridan biri sanaladi. Paxta eksport qilish bo‘yicha esa, jahonda yetakchilardan biri hisoblanadi.

Iqtisodi qishloq xo‘jaligiga asoslangan O‘zbekistonning asosiy valyuta tushumi paxta oldi-sotdisidan keladi.

Bangladesh, Eron, Xitoy, Janubiy Koreya, Moldova, Birlashgan Arab Amirliklari, Pokiston, Rossiya, Turkiya va Yaponiya o‘zbek paxtasining asosiy xaridorlari hisoblanishadi.

O‘zbekistonda paxta yetishtirish ko‘lami Sovet davridagidek bo‘lmasa-da ushbu xomashyo hamon eng muhim ekin sifatida ko‘rilmoqda.

Xalqaro kuzatuvchilarga ko‘ra, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini isloh etmayapti, fermerlarga erkinlik bermagan va arzon ishchi kuchi sifatida yuz minglab yosh bolalarni paxta dalalarida ishlatmoqda.

Majburiy bolalar mehnati sabab, so‘nggi yillarda qator yirik xorijiy shirkatlar O‘zbekiston paxtasini boykot qilishgandi.
XS
SM
MD
LG