Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:28

Nyu Yorkda "Apple 1" kompyuteri 374,5 ming dollarga sotildi


1976 yilda ishlab chiqarilgan va hozir ham ishlaydigan “Apple 1” kompyuteri Nyu Yorkdagi “Sotbi” kim oshdi savdosida o‘z narxidan qariyb 500 marta qimmatga, ya‘ni, 374 ming 500 AQSh dollariga sotildi.

Bu kompyuter “Apple” shirkati asoschisi Stiv Jobs va Stiv Voznyak qurgan 200ta kompyuterdan biridir.

Ulardan taxminan elliktasi hozir ham borligi va yarmi ishlashi aytiladi.

“Apple 1” kompyuteri 1970 yillar oxirida Kaliforniya shtatining Palo Alto shahridagi “Byte Shop” elektronika do‘konlarida 666 dollar 66 sentdan sotilgan.

2010 yilda italiyalik kolektsioner ishlaydigan “Apple 1” kompyuteri va u haqiqiy ekanini tasdiqlovchi Stiyv Jobs imzolagan maktubni 212 ming dollarga sotib olgan.
XS
SM
MD
LG