Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 22:55

"Czech Airlines" O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochadi


“Chex havo yo‘llari” (Czech Airlines - ČSA) milliy aviashirkati O‘zbekistonda o‘zining rasmiy idorasini ochishni rejalamoqda.

Chex Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi ma‘lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi aviashirkatning yaqin fursatda Toshkentda ochiladigan rasmiy vakolatxonasini ro‘yxatga olgan.

Hozirga qadar O‘zbekistonda “Chex havo yo‘llari” aviashirkati nomidan Travel System shirkati ish yuritib kelmoqda.

“Chex havo yo‘llari” samolyotlariga chiptalarni sotish bo‘yicha O‘zbekiston va Qozog‘istondagi mintaqaviy boshqaruvchi etib Vatslav Shilgan tayinlandi.

ČSA samolyotlari haftaning chorshanba va yakshanba kunlari Pragadan soat 13:30 da uchadi va Toshkentga 22:00 da yetib keladi.

Ertasiga, ya‘ni, payshanba va dushanba kunlari Toshkentdan 02:50 da uchgan samolyot Pragaga ertalab soat 06:10 da qo‘nadi.

2012 yil iyun oyidan boshlab ČSA shanba kuni Toshkentga uchinchi reysni ochishni rejalagan.
XS
SM
MD
LG