Линклар

O‘zbekistonda shaharlar o‘rtasida qatnaydigan barcha avtobuslarga joriy yil oxiriga qadar GPS tizimi joriy etilishi rejalanmoqda.

Buni O‘zbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligi ma‘lum qildi.

Tashkilot rahbari o‘rinbosari Shoolim Shovohobovga ko‘ra, bundan maqsad yo‘lovchilar tashishda yo‘l harakati va yo‘lovchilar xavfsizligini ta‘minlash, yo‘l transporti hodisalari qurbonlari sonini kamaytirish, haydovchilar xavfsizlik talablariga rioya etishini samarali nazorat qilishdan iborat.

Agentlik matbuot xizmatiga ko‘ra, bunday tizimni amalga tadbiq etish ishlari bir necha yil oldin boshlangan.

Tashkilot mutaxassislari Rossiya, Ruminiya, Turkiya va Janubiy Koreya davlatlariga borib bu borada tajriba o‘rgangan.
XS
SM
MD
LG