Линклар

Afsonaviy “Bittlz” guruhi a‘zosi, mashhur rok-musiqachi Pol Makkartni bugun 70 yoshga kiradi.

U 1942 yili Britaniyaning Liverpul shahrida ishchi oilasida dunyoga kelgan.

1960 yilda Makkartni Jon Lennon, Jorj Harrison va Ringo Starr bilan birgalikda “Bittlz” guruhini tuzgandilar.

Mazkur guruh musiqiy kompozitsiyalarining ko‘pini Jon Lennon bilan Pol Makkartni hammualliflikda yozgan.

Makkartniga doxil Yesterday qo‘shig‘i boshqa san‘atkorlar tomonidan 2 ming martadan ko‘proq ijro etilgan.

Joriy oy boshida Pol Makkartni Qirolicha Yelizaveta II taxtga o‘tirganining 60 yilligiga bag‘ishlangan kontsertda chiqish qilgandi.

Iyul oyida esa bu san‘atkorning Londondagi yozgi olimpiya o‘yinlari ochilish marosimida kuylashi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG