Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:21

Yevro 2012: Ispaniya va Italiya chorak finalda


Futbol bo‘yicha Ispaniya terma jamoasi Xorvatiya termasi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, Yevro 2012 o‘yinlarining chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lgan kiritdi.

Chempionatning C guruhidan chorak final bosqichiga chiqqan ikkinchi jamoa esa Italiya termasi bo‘ldi. Dushanba kuni Italiyaliklar Irlandiya terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etishdi.

Shunday qilib, C guruhida Ispaniya terma jamoasi 7 ochko bilan birinchi, Italiya termasi 5 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

Guruh autsayderlari Xorvatiya va Iralndiya terma jamoalari chempionatni tark etishga majbur.

Turnir chorak finaliga A guruhidan Chexiya va Gretsiya, B guruhidan Germaniya va Portugaliya jamoalari chiqdi.

D guruhidagi hal qiluvchi uchrashuvlar bugun bo‘lib o‘tadi. Angliya terma jamoasi Donetsk shahrida mezbon Ukraina termasiga qarshi maydonga tushadi. Guruhdagi ikkinchi juftlik Shvetsiya-Frantsiya Kiyev shahrida uchrashadi.
XS
SM
MD
LG