Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:50

Microsoft shirkati yangi planshetni e‘lon qildi


Ayni damda planshetlar bozorida Apple shirkatining iPad plansheti yetakchilik qilmoqda.
Ayni damda planshetlar bozorida Apple shirkatining iPad plansheti yetakchilik qilmoqda.
Kompyuter dasturlari bozoridagi gigant shirkat bo‘lmish Microsoft dushanba kuni yangi planshetni e‘lon qildi.

Surface (sirt, yuza, yer sirti - tahr.) nomini olgan yangi "gadjet" Apple shirkatining taniqli iPad planshetiga asosiy raqib bo‘lishi aytilmoqda.

Og‘irligi va kattaligi bilan iPad ga juda o‘xshash Surface Windows 8 operatsion tizimining mobil uskunalarga moslashtirilgan Windows RT versiyasi asosida ishlaydi.

Mutaxassislarga ko‘ra, iPad bilan raqobat qila olish uchun Surface plansheti texnik va dasturiy ta‘minotlari o‘rtasidagi qulay uzviylikni ko‘rsata olishi kerak.

Hozircha Surface planshetining narxi va unga o'rnatiladigan dasturlar bo'yicha to'liq ma'lumot yo'q.

Surface plansheti asosan kompyuter dasturlari ishlab chiqaruvchi Microsoft shirkatining birinchi texnik apparati emas.

Bundan oldin Microsoft shirkati Xbox o‘yin konsoli va Zune musiqa pleyeri kabi apparatlarni ishlab chiqargan edi.
XS
SM
MD
LG