Линклар

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov telegramma orqali Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Bu haqda 18 iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi o‘z saytida xabar berdi.

Qirolichaning tug‘ilgan kuni Buyuk Britaniyada rasmiy bayram sifatida
nishonlanadi.

Qirolicha Yelizaveta II 1926 yilning 21 aprelida tug‘ilgan. Biroq uning tavallud ayyomi har yili iyun oyining uchinchi shanbasida nishonlanadi. Bu safar bayram kuni 16 iyunga to‘g‘ri keldi.

Eslatamiz, joriy yilda qirolicha Yelizaveta II taxtga o‘tirganining 60 yilligi ham nishonlanmoqda.
XS
SM
MD
LG