Линклар

WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj Ekvador hukumatidan siyosiy boshpana so‘radi.

So‘nggi ma‘lumotlarga ko‘ra, Assanj ayni damda Ekvadorning Londondagi elchixonasida boshpana topgan.

Ekvador tashqi ishlar vaziri Julian Assanjning arizasi Ekvador hukumati tarafidan o‘rganilayotganligini ma‘lum qildi.

Britaniya sudi Assanjni Shvetsiyaga deportatsiya qilish qarorini chiqargan edi. Shvetsiya hukumati WikiLeaks asoschisini ikki ayolga nisbatan jinsiy tajovuzda ayblamoqda.

Julian Assanj o‘ziga nisbatan qo‘yilayotgan ayblarni AQSh tomonidan keskin qarshilikka uchragan WikiLeaks saytidagi maxfiy yozishmalar tufayli amalga oshirilayotgan tazyiq deya talqin etmoqda.

Assanj asos solgan WikiLeaks sayti AQSh diplomatik yozishmalariga doir minglab maxfiy hujjatlarni oshkor qilgan edi.
XS
SM
MD
LG