Линклар

Ukrainalik taniqli futbolchi Andrey Shevchenko milliy terma jamoadagi faoliyatini tugatganini e‘lon qildi.

Seshanba kuni Yevro-2012 o‘yinlari guruh bosqichidagi Angliya terma jamoasiga qarshi o‘tgan uchrashuv 35 yoshli Shevchenko uchun Ukraina termasidagi so‘nggi rasmiy o‘yin bo‘ldi.

D guruhi o‘yinlari doirasida Angliyaga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan Ukraina Yevro-2012 chorak finaliga yo‘llanmani boy berib, chempionatni tark etishga majbur bo‘ldi.

FIFA tarafidan 2004 yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan Andrey Shevchenko o‘z fanatlari bilan xayrlashish uchun terma jamoaning o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashadi.

"Milan", "Chelsi" va Kiyevning "Dinamo" futbol klublarida faoliyat yuritgan Shevchenko Ukraina terma jamoasida jami 111 marotaba maydonga tushgan va ularda 48 marotaba raqib darvozasini ishg‘ol etgan.
XS
SM
MD
LG