Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:29

Yana ikki o‘zbek hakami JCh-2014 ga borishi mumkin


Referi Ravshan Ermatov va qanot hakami Rafael Ilyosov Toshkent aeroportida.
Referi Ravshan Ermatov va qanot hakami Rafael Ilyosov Toshkent aeroportida.
O‘zbekistonlik futbol hakami assistentlari Rafael Ilyosov va Ma‘mur Saidqosimov 2014 yil Braziliyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati o‘yinlariga borishi mumkin bo‘lgan zahira hakamlari ro‘yxatiga kiritildi.

Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi ma‘lumot tarqatdi.

Bunga qadar o‘zbekistonlik referi Valentin Kovalenko Osiyodan tanlab olingan hakamlarning zahira ro‘yxatiga kiritilgandi. Agar Kovalenko jahon chempionatida xizmat qiladigan hakamlar ro‘yxatiga kiritilsa, unga qanotlarda aynan Rafael Ilyosov va Ma‘mur Saidqosimov yordam berishadi.

Eslatamiz, Braziliyadagi jahon chempionatiga borishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzodlar orasida o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov ham bor. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va qirg‘izistonlik Bahodir Qo‘chqorov yordam beradi.
XS
SM
MD
LG