Линклар

18 iyun soat kunduzgi 2-3lar chamasi Andijon viloyat Milliy bankiga kelgan 60 yoshlardagi kishining o‘limiga o‘z avtomobili sabab bo‘ldi.

Bank mijozi oq rangdagi Lacetti mashinasida kelgan¸ katta yo‘lning bo‘yiga parkovka qilib mashinadan tushgan va shu paytda avtomobil ichida bankda kerak bo‘ladigan hujjatlarni esdan chiqarib qoldirgani esiga tushib¸ avtomobil oynasidan boshini tiqib hujjatga qo‘l cho‘zgan paytda eshiklarni blokirovka qilish tugmasi bosilib ketgan.

Shu paytda mashina oynalari yopilishni boshlagan va rahmatlik boshini chiqarishga ulgurolmay qolgan va darhol bo‘g‘ilib o‘lib qolgan.

Lacetti mashinasi oynasi juda tez ko‘tariladi va oynasining sifati juda yaxshi. U odam hatto oynani urib ham sindira olmay qolgan.

Hozirgi zamonaviy signalizatsiyalarda pultni bosishingiz bilan ochiq qolgan oynalarni ham yopish funktsiyasi bor. Shu funktsiya ishlab ketgan. Juda achinarli hol!

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG