Линклар

logo-print

19 iyun kuni Beshkaram mahallasida kurilayotgan “Mashrabboy hoji” masjidi kurilishi poydevoriga birinchi g‘isht qo‘yish bilan rasman qurilish boshlandi.

Tadbirda ishtirok etgan Aravon tumani hokimi Sh. Ortiqov, O‘sh viloyati davlat ma‘muriyati boshlig‘i o‘rinbosari A. Mahammadovlar viloyat gubernatori nomidan 20 ming so‘mni machit hisobiga o‘tkazadigan bo‘ldi.

- Yangi machit ikki qavatli bo‘lib, balkonli bo‘ladi va o‘ziga 2000 namozxonni sig‘dira oladi, - deydi machit qurilishi tashabbuskorlaridan Zaynobiddin hoji Toshpo‘latov. – Machit qurilishiga tuman hokimi Sh. Ortiqov ko‘p yordam bermoqda. Jogorku Keneshi deputati Azamat Arabayev 100 ming so‘m pul berish bilan birga g‘ishtni ham arzon narxda bermokda. Tuman Kengashi deputati Rustambek Kodirov eshik romlarini bepul berishga va‘da kildi. Husanboy Umarov tunuka, Yoqubhoji Mamatkarimov, Xudoyberdiyev O‘rozali ham uzlarining beminnat yordamlarini ko‘rsatmokdalar.

“Kishi Alloh uchun masjid qursa, Allox u odam uchun jannatda bir uy quradi”.



XS
SM
MD
LG