Линклар

O‘zbekistonda turkiyalik tadbirkorlar qamoq jazosiga hukm qilindi.

Sud qarori bilan Toshkentdagi “Ilkay” shirkati rahbari Gunesh Mehmet 11 oyga, “Pinar trans” shirkati rahbari Qaxve Ali ikki yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Mazkur ikki shirkatning o‘zbekistonlik bo‘lgan yana to‘rt xodimiga yirik miqdorda jarima to‘lash jazosi belgilandi.

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan “Ilkay” shirkati 8 million so‘m, “Pinar trans” shirkati 12 million so‘m soliqni yashirib qolgani aytilmoqda. Turkiyalik tadbirkorlar jami 20 million so‘m miqdordagi soliqni yashirib qolganlikda, savdo-sotiq qoidalarini buzganlikda, darmomadlarni yashirganlikda aybdor deb topilgan.
XS
SM
MD
LG