Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2024, Тошкент вақти: 21:17

Yevro-2012: Ronaldu o'z jamoasini yarim finalga olib chiqdi


Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtiano Ronalduning noaniq, biroq chiroyli zarbalaridan biri.
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtiano Ronalduning noaniq, biroq chiroyli zarbalaridan biri.
Portugaliya terma jamoasi Yevro-2012 chempionatining birinchi yarim finalchisiga aylandi. 21 iyun kuni Varshava shahrida o'tgan chorak final o'yinida portugaliyakilar 1:0 hisobi bilan chexiyaliklarni mag'lub etishdi.

Asosan Portugaliya terma jamoasi yetakchiligida o'tgan uchrashuvdagi yagona golga "Real Madrid" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldo mualliflik qildi. O'yinning 79-daqiqasida portugaliyalik Joau Moutinyoning o'ng qanotdan oshirib bergan to'pini himoyachini aldab o'tgan Ronaldu yaqin masofadan boshi bilan Petr Chex darvozasiga yo'lladi.



Chexiya terma jamoasi darvozaboni Petr Chex ham o'yin davomida bir necha bor o'z mahoratini namoyish etdi. Portugaliyaliklar Chex darvozasi tomon jami 20 marotaba zarba berishdi. Biroq ulardan faqat beshtasi nishonga yetib bordi, holos.

Portugaliya terma jamoasi yarim finalda Ispaniya-Fransiya juftligidagi g'olib jamoa bilan bellashadi. Ispaniya va Fransiya terma jamoalari o'rtasidagi chorak final o'yini 23 iyun kunga belgilangan.

Bugun navbatdagi chorak final o'yinida Germaniya va Gretsiya terma jamoalari uchrashichadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
XS
SM
MD
LG