Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:37

Xitoylik futbol ishqibozi Yevro-2012 tufayli olamdan ko'z yumdi


Xitoylik futbol ishqibozi Yevro-2012 chempionati o'yinlari tufayli olamdan ko'z yumdi.

Ushbu voqea Xitoyning Xunan viloyatidagi Chansha shaharchasida ro'y berdi.

Bu haqda xabar bergan China Daily nashriga ko'ra, 19 iyun kuni vafot etgan 26 yoshli Angliya terma jamoasi fanati so'nggi 11 kechani futbol tomosha qilib, bedorlikda o'tkazgan.

Xabar qilinishicha, ismi oshkor qilinmayotgan futbol muhlisi Yevro-2012 o'yinlari boshlanishidan oldin yaxshi jismoniy holatda bo'lgan. O'zi ham futbol o'ynashni yoqtirgan fanat kollejda o'qigan vaqtida mahalliy futbol jamoasining yetakchi o'yinchilaridan bo'lgan.

Umridagi songg'i futbol o'yinini - Italiya va Irlandiya jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni futbol fanati 19 iyun kuni do'stlari bilan tomosha qilgan.

2:0 hisobi bilan italiyaliklar qo'li baland kelgan o'yinni tomosha qilish jarayonida u haddan tashqari ko'p pivo iste'mol qilgani aytilmoqda. Muhlis ertalab uhlash uchun uyiga qaytgan va qayta uyg'onmagan.

Xitoylik futbol ishqibozining o'limiga uning surunkasiga haddan tashqari kam uhlaganligi, qonining sekin aylanishi va undagi shakar miqdorining ozligi sabab bo'lgani aytilmoqda.

Eslatamiz, vaqtdagi farqlik tufayli Ukraina va Polshada o'tayotgan Yevro-2012 o'yinlari Xitoyda yarim kechasi boshlanadi.
XS
SM
MD
LG