Линклар

Futbol bo'yicha 22 yoshgacha bo'lgan O‘zbekiston o'smirlar terma jamoasi 2014 yilgi Osiyo chempionati saralash bosqichidagi “D” guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, chempionat yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasi 24 iyun kuni Iordaniya jamoasiga qarshi to‘p surdi.

Toshkent vaqti bilan soat 17:25da boshlangan o‘yin 1:3 hisobida iordaniyaliklar g‘alabasi bilan tugadi.

O‘zbekiston yoshlar jamoasi 18 iyun kungi dastlabki o‘yinda Bangladesh jamoasi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib dastlabki uch ochkoni qo‘lga kiritgan edi.

Ikkinchi o‘yinda o‘zbekistonlik yosh futbolchilar maydon egalari nepallik tengdoshlari bilan kuch sinashdi.

Aleksey Yevstafeyev murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 2:4 hisobida yana g‘alabaga erishib ochkolar sonini oltitaga yetkazdi.

Biroq O‘zbekiston va Yaman terma jamoalari o‘rtasida 22 iyun kuni bo‘lib o‘tgan o‘yin 1:1 hisobida durang bilan tugadi.

"D" guruhida birinchi o'rinni barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonib, 12 ochko to'pay olgan iordaniyalik o'smirlar termasi qo'lga kiritdi.

O'zbekiston terma jamoasi 7 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Yaman terma jamoasi esa to‘plagan ochkolari soni va to‘plar nisbatidagi farqi ham O'zbekistonniki bilan bir xil bo‘lganiga qaramay, o'zbekistonliklardan kamroq gol urgani va ko‘proq kartochka olgani sabab uchinchi o'rinni egalladi.

To'rt o'yinda 3 ochko olgan Nepal to'rtinchi, birorta ochko to'play olmagan Bagladesh beshinchi o'rinni oldi.

Shunday qilib, Katmanduda o‘tgan saralash o‘yinlarida yaxshi natija ko'rsatgan Iordaniya va O'zbekiston jamoalari 2014 yil boshida 22 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida ilk bor o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga yo‘llanma oldi.

Mazkur musobaqaning qayerda o‘tkazilishi hozircha ma‘lum emas.
XS
SM
MD
LG