Линклар

Saudiyalik sportchi ayollar ilk bor Olimpiadaga boradi


Futbol bo'yicha Eronning ayollar terma jamoasi ro'mol kiyib maydonga tushganlari uchun 2012 yilda o'tadigan London Olimpiadasi saralash o'yinlaridan chetlatilgan edi.

Futbol bo'yicha Eronning ayollar terma jamoasi ro'mol kiyib maydonga tushganlari uchun 2012 yilda o'tadigan London Olimpiadasi saralash o'yinlaridan chetlatilgan edi.

Saudiya Arabistoni ilk bor Olimpiadaga sportchi ayollarni yuborishga qaror qildi.

Bu haqda Saudiyaning Londondagi elchixonasi tomonidan yakshanba kuni tarqatilgan bayonotda aytiladi.

Qirol Abdulloh, yetakchi din arboblari va hukumat a‘zolari o‘rtasidagi davomli maslahatlashuvlardan keyin qabul qilingan mazkur qaror jinsiy mansubiyatga ko‘ra diskriminatsiya uchun Saudiya Arabistoni milliy komandasini diskvalifikatsiya qilish zarurligi haqidagi xalqaro bahslarga nuqta qo‘yadi.

Ayollarning olimpiada musobaqalarida ishtirok etishiga ijozat berilishi Saudiya jamiyatini liberallashtirish bo‘yicha ko‘p bosqichli jarayonning bir qismidir.

Yaqinda Qirol Abdulloh ayollarning Majlis ash-Sho‘roda ishtirok etishiga izn bergandi.
XS
SM
MD
LG